Shvetsiya sayyohlik uyushmasi maxsus telefon raqamini ro‘yxatdan o‘tkazdi, unga har qanday xorijlik qo‘ng‘iroq qilishi mumkin, deb yozadi “RIA Novosti”.
Sizda shvetsiyalik kishi bilan futbol, ob-havo, siyosat yoki boshqa har qanday mavzuni muhokama qilish istagi bo‘lsa, unda marhamat!
Tizimning ishlashi oddiy. Ko‘ngillilar, yoki sayyohlik uyushmasi aytganidek, “elchilar” tashkilot saytida ro‘yxatdan o‘tadi, shundan so‘ng ular qiziquvchan chet elliklarning qo‘ng‘irog‘ini kutadi. Kommutator qo‘ng‘iroqlarni tavakkaliga taqsimlaydi.
Sayyohlik uyushmasi ogohlantirishicha, agar qo‘ng‘irog‘ingizga hech kim javob bermayotgan bo‘lsa, u holda vaqtdagi farq haqida unutgansiz va Shvetsiyada tun bo‘lgan paytda qo‘ng‘iroq qilmoqdasiz.
Butun mamlakat uchun tegishli telefon raqami esa quyidagi: +46-771-793-336
Izoh (0)