Panama prezidenti Xuan Karlos Varela o‘z hududidagi ofshorlar faoliyati bilan bog‘liq mojaro markazida qolgan mamlakatining obro‘sini himoya qilmoqchi. Bu haqda davlat rahbari G‘arbiy Panama provinsiyasidagi El-Koko tumani aholisi bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Men Panamaga qarshi gapiradigan har qanday kishiga qarshi qat’iy va qattiq turib kurashaman”, — deya ta’kidladi Varela. Yaqin orada u mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari bilan uchrashib, ular bilan yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilishini aytdi.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, Panama hukumati mahalliy va chet ellik ekspertlardan komissiya tuzadi, u mamlakatning moliyaviy siyosatini baholaydi.
Eslatib o‘tamiz, Mossack Fonseca kompaniyasi ma’lumotlar bazasidan axborot chiqib ketishi natijasida OAVlarda qator dunyo yetakchilari va ularning yaqinlari pul yuvish va soliqlardan bosh tortish bo‘yicha sxemalarga aloqadorligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.
Izoh (0)