Kobralar ishtirokida shou uyushtirib tanilgan indoneziyalik xonanda Irma Byul, ilon chaqib olgach, sahnada vafot etdi, deya xabar bermoqda The Daily Mail.
Kobra 29 yoshli qo‘shiqchiga konsert chog‘ida hamla qildi, ammo shunga qaramay, u yana 45 daqiqacha kuylashda davom etdi. Shundan so‘ng Byul qayt qilib, tanasi changak bo‘lib qoldi va sahnaga yiqildi.
Hodisa G‘arbiy Yava provinsiyasining Karavang aholi punktida sodir bo‘ldi. Byul qirollik kobrasining dumini tasodifan bosib olgach, jonivor uning sonidan tishlab olgan. Qo‘shiqchini kasalxonaga yetkazishgan, shifokorlar esa uning o‘limini qayd etgan.
Politsiya Byulning o‘limi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganishga kirishdi.
Izoh (0)