AQSh Avstraliyaga 386 million dollarlik kichik diametrli aviabombalar partiyasi va u bilan bog‘liq harbiy uskunalarni yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi tuzilmasida faoliyat yurituvchi muassasaga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Ushbu shartnomani amalga oshirish uchun ruxsatnoma olingan, u milliy qonunchilikka muvofiq, AQSh Davlat departamenti tomonidan beriladi. Amerika ma’muriyati 4-aprel, dushanba kuni AQSh Kongressini Avstraliyaga ushbu harbiy texnikani eksport qilish haqidagi qarori to‘g‘risida xabardor qildi. Endi AQSh hukumatining qonun chiqaruvchi tarmog‘ida ushbu shartnomani o‘rganish va uni bloklab qo‘yish ehtimolini ko‘rib chiqish uchun 30 kun vaqt bor.
Pentagon fikricha, Avstraliyaga qurol-yarog‘ yetkazib berilishi “mintaqadagi tayanch harbiy muvozanatni o‘zgartirmaydi”.
Izoh (0)