Qashshoqlik va yashash tarzining o‘ziga xos xususiyatlariga qaramay, Mo‘g‘ulistonda maktab ta’limiga jiddiy munosabat bilan qaraladi — mamlakatda savodxonlik darajasi 90 foizni tashkil etadi. Bu haqda Livejournal sahifalarida hikoya qilingan.
Katta mamlakat bo‘ylab oilalari bilan tarqalib ketgan ko‘chmanchilarning bolalarini ta’lim bilan ta’minlash o‘ta murakkab ekanligini tasavvur etsa bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, buning uddasidan chiqilmoqda. Ayniqsa, nafaqat maktab, hatto qishloq ham bo‘lmagan chekka tumanlardagi bolalarni o‘qitish mushkul. Bunday bolalar aymoqlar markazlaridagi maktab-internatlarga yuboriladi.
Ular bu yerdan o‘z o‘tovlariga faqat ta’til chog‘lari — qishda ikki hafta va yozda uch oy boradi, xolos. Boshqa payt maktab-internatda yashaydi va o‘qiydi.
Izoh (0)