Ikkinchi jahon urushidagi jasoratlari uchun hindularning Krou qabilasi peshvosi unvoniga sazovor bo‘lgan Jo Medisin Krou 3-aprel, yakshanba kuni 102 yoshida vafot etdi. Bu haqda Montana shtati (AQSh) gubernatori Stiv Bullok ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Urush yillari AQSh armiyasi askari bo‘lgan Krou dushman ortidagi reydlarga boshchilik qilgan, ularni qurolsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan.
Kollejda antropologiyani o‘rgangan Jo Medisin keyinchalik Krou qabilasi tadqiqotchisi va Amerika tub xalqlari tarixini o‘rganuvchi yirik antropolog-olim bo‘lib yetishdi. U o‘ttiz yil mobaynida Hindular ishi bo‘yicha byuroda faoliyat olib bordi.
2009-yili Barak Obama uni AQShda fuqarolarga taqdim etiladigan ikki oliy mukofotdan biri — Ozodlik uchun Prezident medali bilan taqdirlagan edi.