Ozarbayjon mudofaa vaziri Zakir Gasanov qurolli kuchlarga tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi poytaxti — Stepanakertga zarba berishga tayyorlanishni buyurdi, deb yozadi Meduza.
Vazirlik bayonotida aytilishicha, zarba, agar Armaniston tomoni Tog‘li Qorabog‘da tutashish chizig‘i yaqinida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutishni bas qilmasa, beriladi.
Ozarbayjon tomoni Armanistonni yana bir marta xalqaro huquq qoidalariga rioya qilishga va tinch aholiga nisbatan kuch ishlatishdan tiyilishga chaqirdi.
Tog‘li Qorabog‘da 3-apreldan buyon faol jangovar harakatlar davom etmoqda. Mojaroning ikkala tomoni ham bir-birini vaziyatni keskinlashtirishda va turar-joy tumanlarini o‘qqa tutishda ayblamoqda.
Izoh (0)