Yaponiya Xirosimada 10—11-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida qabul qilish rejalashtirilgan yadroga qarshi deklaratsiyani “yettilik” mamlakatlari bilan kelishib olmoqda, deb yozadi “TASS”.
Xususan, Yaponiya tomoni ushbu hujjatga “yadro qurolini insoniyatga xilof deb tan olish” va “yadro qurol-yarog‘lari shaffofligi” (dunyo mamlakatlarining bunday turdagi qurollari zaxirasi haqidagi ma’lumotning oshkor etilishini nazarda tutadi) haqidagi bandlarni kiritishni taklif qilmoqda.
Ushbu deklaratsiyaning asosiy maqsadi — yadro qurolsizlanishi va yadro quroli tarqatmaslik bo‘yicha qat’iylikni belgilab qo‘yishdan iborat.
Izoh (0)