O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri buyrug‘iga asosan podpolkovnik Muhiddin Jo‘rayev Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda IIVning “Na postu” nashriga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur lavozimga tayinlangunga qadar M. Jo‘rayev Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani IIBni boshqarib kelayotgandi.
Izoh (0)