Avval xabar berganimizdek, 2016-yil 1-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi. Senat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb yozadi O‘zA.
Qarorga muvofiq, Xusanova Fatima Usmanovna O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi etib saylandi.
Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.
Izoh (0)