Avval xabar berganimizdek, 2016-yil 1-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi. O‘zA xabariga ko‘ra, senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, Astanov Mumin Karimovich va Soliyev Sarvar G‘ayratjonovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining sudyalari etib saylandi.
Djurayev Oybek Abdukadirovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.
Izoh (0)