O‘zbekistonga tashrif doirasida, AQSh mehnat vaziri yordamchisi Erik Bil boshchiligidagi AQSh mehnat vazirligi delegatsiyasi 31-mart kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan “Yevroteks Global” to‘qimachilik korxonasiga bordi. Bu haqda O‘zbekiston mehnat vazirligining Facebook‘dagi rasmiy sahifasi xabar bermoqda.
Mehmonlar korxona faoliyati, mehnat uchun yaratilgan sharoitlar, kadrlar sohasida hujjat aylanmasi amaliyoti bilan tanishdi.
AQSh mehnat vazirligi vakillarini korxonadagi ish grafigi rejimi, xizmat vaqtidan tashqari qo‘shimcha ishlash mavjud yoki yo‘qligi, mehnat muhofazasi bilan bog‘liq savollar qiziqtirdi.
AQShlik mehmonlar korxonada malakali xodimlar ishlashi, kompaniya zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangani, mehnat muhofazasi va xavfsiz sharoitlar yuqori darajada ta’minlanganini ta’kidladi.
Izoh (0)