1-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Toshkentda oylik yo‘l chiptalari narxi oshdi. Avvalroq Toshkent jamoat transportida 1-apreldan yo‘l haqi 20 foizga qimmatlashishi haqida xabar berilgan edi.
2. Saudiya Arabistoni neftga bog‘liqlikdan qutulish uchun 2 trln dollar kapitalga ega jamg‘arma yaratadi. Investitsiyalar diversifikatsiyasi Saudiya Arabistoni iqtisodiyotini yaqin 20 yil ichida neft daromadiga bog‘liqlikdan xalos etadi, deya ishonmoqda Muhammad bin Salmon.
3. Xitoy 2016-yilda temir yo‘llar qurish uchun 124 mlrd dollar ajratdi. 2015-yilda mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan temir yo‘llarning umumiy uzunligi 121 ming kilometrga (jumladan, 19 ming kilometr tezkor temir yo‘llar) yetgan.
4. Tesla 35 ming dollarlik elektromobilni taqdim etdi. Ilk buyurtmalarni kompaniya qabul qilishni boshlab yubordi, xaridorlarga mashinalar 2017-yil oxirida yetkazib berila boshlaydi.
5. Toshkent metrosidagi monitorlarda bir hafta mobaynida qushlarga bag‘ishlangan rolik namoyish etiladi. Xalqaro qushlar kuniga bag‘ishlangan aksiya tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan “Birds.uz” sayti bilan hamkorlikda Toshkent metropoliteni ko‘magida o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)