Avval xabar berganimizdek, 2016-yil 1-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi. O‘zA xabariga ko‘ra, Senat majlis chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Hujjatga muvofiq, Xayitov Olim Buriyevich O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi etib saylandi.
Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.
Izoh (0)