29-mart, seshanba kuni Kanadaning Kvebek viloyatidagi Avliyo Lavrentiy bo‘g‘ozida yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Xususiy foydalanishda bo‘lgan havo kemasi Avr-O-Mezon oroli yaqinidagi aerodromga qo‘nayotganda halokatga uchragan. Reuters manbalariga ko‘ra, samolyot bortida bo‘lgan yetti kishining (olti yo‘lovchi va bir uchuvchi) barchasi nobud bo‘lgan.
Izoh (0)