“Orenday.ru” nashri Palmirada halok bo‘lgan rossiyalik harbiyning ismi-sharifini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Meduza.
Orenburg viloyati, Tyulgan tumanining Gorodki qishlog‘ida tug‘ilib-o‘sgan 25 yoshli Aleksandr Proxorenko Rossiya Qurolli kuchlari havo hujumiga qarshi mudofaa harbiy akademiyasida tahsil olgan. Uning qayerda xizmat o‘tagani ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Palmira uchun bo‘lgan janglarda terrorchilar tomonidan qurshovga olingan va zarbani o‘ziga qaratgan rossiyalik zobit halok bo‘lgani bildirilgandi. Bu Suriyada operatsiyalar boshlanganidan beri rossiyalik harbiylar bilan bog‘liq rasman tasdiqlangan oltinchi o‘lim bo‘ldi.
Izoh (0)