KXDR tomonidan harbiy provokatsiyalar davom etishi uni barbodlikka olib boradi. Bunday bayonot bilan Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe chiqish qildi, deb yozadi “TASS”.
“Koreya Respublikasi, rejimi o‘z provokatsiyalari natijasida ertami-kechmi qulaydigan Shimoliy Koreya tomonidan bo‘ladigan tahdidlarga qaramasdan, qat’iylik va turg‘unlik ko‘rsatishi kerak”, — dedi u.
Pak Kin Xe yana bir marta Pxenyanni yadro va raketa dasturidan voz kechib, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni boshlashga chaqirdi.
“Ayni paytda Shimol tengsiz xalqaro sanksiyalar sharofati bilan to‘liq izolyatsiyada. Bunday sharoitlarda ular tomonidan yangi mas’uliyatsiz provokatsiyalarning amalga oshirilishi xavfi juda yuqori”, — deb hisoblaydi prezident.
Izoh (0)