Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuvi chog‘ida Suriya masalasida amalga oshirilgan ishlarda AQSh va Barak Obamaning hissasini e’tirof etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Biz Suriya yo‘nalishida erishgan muvaffaqiyatlarimiz Qo‘shma Shtatlar oliy siyosiy rahbariyati, prezident Barak Obama tutgan yo‘l tufayligina qo‘lga kiritilganini yaxshi tushunamiz”, — deya ta’kidlagan Putin.
Kerri Vladimir Putinga Rostov-Donda Boeing samolyoti qulashi munosabati bilan AQSh prezidenti va xalqi nomidan hamdardlik bildirdi.
Izoh (0)