Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada biznes rivojlanishining asosiy ittifoqchisi hisoblanadi. Bunday fikrni milliarder Alisher Usmonov “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.
Intervyu 24-mart, payshanba kuni Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (RSTI) syezdidan so‘ng bo‘lib o‘tdi. Putin dastlab syezdda qatnashdi, so‘ng RSTI boshqaruv byurosi a’zolari bilan yopiq uchrashuv o‘tkazdi.
“Putin va ittifoq uchrashuvi ikki xil shaklda bo‘ldi: dastlab prezident salomlashdi va ancha konstruktiv muloqotga kirishdi, so‘ngra yopiq sessiya bo‘ldi, shundan kelib chiqib, prezident Putin o‘zining mamlakatdagi biznes taraqqiyotining asosiy ittifoqdoshi sifatidagi rolini tasdiqladi”, — dedi Usmonov.
“Xorijiy sheriklar tomonidan yaratilgan tashqi sharoitlar va dunyo bozorlarida yuzaga kelayotgan vaziyat hukumatning biznes sohasidagi manyovrlarini qiyinlashtirib qo‘ydi, ammo hozir barchasi o‘z iziga tushmoqda, ushbu jarayonni tezlashtiruvchi esa Putindir”, — deya aniqlik kiritdi biznesmen.
Izoh (0)