Nokia kompaniyasi OZO virtual reallik kamerasini taqdim etdi, uning narxi 60 ming dollarni tashkil qiladi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Kamerani ishlab chiqish bilan Nokia’ga 2014-yil iyulida ishga o‘tgan Dolby Laboratories sobiq xodimi Remzi Xaydamus shug‘ullandi. U kompaniya laboratoriyasiga tashrif buyurib, virtual reallik kamerasining ilk prototipini topib oldi. U, muhandis so‘zlariga ko‘ra, sakkiz ko‘zli o‘rgimchak ko‘rinishda bo‘lgan.
Bir yarim yil o‘tib, ushbu “o‘rgimchak” 2K×2K o‘lchamidagi sakkizta sinxronlangan obyektivga ega qovun kattaligidagi kulrang shar — Nokia OZO’ga aylandi. Unga 500 Gb hajmli xotira moduli o‘rnatiladi, u 45 daqiqa davomida tasvirga olish natijasida to‘ladi, og‘irligi esa 4,2 kilogrammni tashkil etadi.
Bugungi kunda virtual reallikdagi roliklarni suratga olish uchun ko‘pincha o‘ziga xos tarzda joylashgan Go-Pro ekshn-kameralari hamda tovush va boshqa narsalarni yozib olish uchun qo‘shimcha uskunalar qo‘llaniladi. OZO’da esa barcha zarur kameralar ham, ovoz yozib oluvchi qurilmalar ham bor.
Izoh (0)