AQSh va Janubiy Koreya tomonidan har qanday provokatsiyaga javoban, KXDR “umumxalq muqaddas urushini boshlaydi va tajovuzkorlarni yo‘q qiladi”. Bu haqda respublika hukumati, siyosiy partiyalari va tashkilotlarining qo‘shma bayonotida aytiladi, deb yozadi “TASS”. Ular shu tariqa Key Resolve va Foal Eagle Amerika-Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlariga munosabat bildirdi.
Hujjatda AQSh va Koreya Respublikasining ushbu manyovrlari ikkinchi bosqichining xavfli xususiyati qayd etiladi, unda “Shimoliy Koreya hududiga chuqurroq kirib borish” va “KXDR strategik obyektlariga nuqtali zarbalar berish” bo‘yicha maxsus operatsiyalar taktikasi mashq qilinayotgani aytiladi.
Pxenyan ogohlantirishicha, eng kichik provokatsiya kuzatilgan taqdirda ham “butun mamlakat KXDR yetakchisi Kim Chen In himoyasiga otlanadi”, Koreya xalq armiyasi esa “yadro kallaklaridan foydalanib, dushman qal’asiga preventiv zarbalar beradi”.
Izoh (0)