Amerikaning Ogayo shtati hukumati sudlangan qotilga nisbatan o‘lim jazosini qaytadan ijro etishga haqi bor, deb yozadi “TASS”. Uni qatl etish jarayoni shifokorlar inyeksiya qila olmagani tufayli amalga oshmay qolgan edi.
Bunday qarorni Ogayo Oliy sudi ko‘pchilik ovoz bilan qabul qildi. U sudlangan jinoyatchi Romell Brumning advokatlari oliy jazoni bir umrlik qamoqqa o‘zgartirish haqida bergan arizani rad etdi. Himoya tomoni o‘lim jazosining takroran ijro etilishi “shafqatsiz va asossiz jazo bilan teng” ekanligini ta’kidladi. Biroq shtat Oliy sudi 2009-yilda inyeksiya qotilning qon aylanish tizimiga tushmaganini, demak, hukm qonuniy huquqqa ega hisoblanishi va kuchda qolishini qayd etdi.
Brum 1984-yilda Klivlendda 14 yoshli qizni o‘g‘irlab ketish, zo‘rlash va o‘ldirishda ayblanib sud qilingan edi.
Izoh (0)