Xitoyning telekommunikatsion asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi Huawei kompaniyasi prezidentining sobiq o‘rinbosari Li Inyan insayderlik axboroti (mahsulotning narx-navosiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, rasman oshkor qilinmagan ma’lumot) bilan savdo qilishda gumon qilinib, hibsga olindi. Bu haqda, “Jenmin Jibao” nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Li Inyan 2014-yilda huquq-tartibot organlarining diqqatini tortgan edi. O‘shanda uning qarindoshlari Wuhan Huazhong Numerical Control kompaniyasi oldi-sotdisidan 7,44 million yuan (1,14 million dollar) ishlab topgan edi. Wuhan Huazhong Numerical Control rahbari Li Syaotao Li Inyan bilan talabalikdan buyon do‘st ekanligi shubha-gumonlarni keltirib chiqardi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)