Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finali doirasidagi “Atletiko” — “PSV” uchrashuvini tomosha qilish uchun tashrif buyurgan gollandiyalik muxlislar o‘zlarini salbiy tomondan ko‘rsatishdi, deya xabar bermoqda “Chempionat.com”.
Gollandiyalik ishqibozlar Madrid markazida joylashgan Plasa-Mayor maydonidagi qashshoqlarni mazax qilgan. Ular pivo ichib, qashshoqlarni tangalar bilan nishonga olishgan, qo‘shiq kuylab, qashshoqlarni haqorat qilishgan va o‘z harakatlarini videoga olishgan.
Chempionlar Ligasi nimchorak final javob uchrashuvlari doirasida o‘tkazilgan o‘yin Gollandiya klubining turnirni tark etishi bilan yakunlandi. “PSV” futbolchilari 0:0 hisobi bilan tugagan bahsning penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.
Izoh (0)