Suriyadagi Xmeymim aviabazasining texnik personali samolyotlarni Rossiyadagi aerodromlarga uchish uchun uzoq parvozga tayyorlashga kirishdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib.
Besh ming kilometrdan uzoqqa amalga oshiriladigan davomiy parvozlar chog‘ida Rossiya samolyotlari qo‘shimcha yoqilg‘i olish va texnik tekshiruvdan o‘tish uchun oraliq qo‘nishlarni amalga oshiradi. Ularni Harbiy-transport aviatsiyasi kuzatib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Rossiya qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni boshlashga buyruq bergani xabar qilingan edi.
Izoh (0)