Ispaniyada muz ishlab chiqarish fabrikasida portlash yuz berishi natijasida kamida uch kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Hodisa mahalliy vaqt bilan 14-mart kuni 14:45 da (Toshkent vaqti bilan 18:45 da) Ondarroa provinsiyasida sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, portlash zavodda ammiak sirqib chiqib ketishi natijasida kelib chiqqan. Voqea joyida o‘chiruvchilar va turli avariya xizmatlari brigadalari ishlamoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga kompressordagi nosozliklar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)