Samolyotlarning birinchi guruhi Suriyadagi Xmeymim aviabazasidan Rossiyadagi doimiy manzillariga uchib ketdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi press-relizida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Guruh tarkibidan ‘yetakchi’ — Tu-154 samolyoti, shuningdek, Su-34 bombardimonchilari o‘rin olgan. Ular Rossiya Federatsiyasi chegarasiga qadar guruh bo‘lib uchib boradi, chegaradan o‘tgach, mustaqil ravishda o‘z aerodromlariga yo‘l oladi”, — deyiladi press-relizda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xmeymim aviabazasining texnik personali samolyotlarni Rossiyadagi aerodromlarga uchish uchun uzoq parvozga tayyorlashga kirishgani xabar qilingandi.
Izoh (0)