AQSh fuqarosini Podmoskovyedagi Chkalovskiy harbiy aeroporti yaqinida qo‘lga olishdi, deb yozadi “Gazeta.ru” Rossiya maxsus xizmatlariga tayanib.
Ta’kidlanishicha, erkak harbiy va maxsus topshiriqlar uchun mo‘ljallangan samolyotlarni suratga olishga uringan.
Filmer Pol Brayan parvozlarni boshqarish markazi chastotasiga to‘g‘rilangan radioskanerdan foydalangan va obyektda ishlatiladigan samolyotlarni fotosuratga olgan.
“RIA Novosti”ning maxsus xizmatlardagi manbasi xorijiy mamlakatlar vakillari Rossiya harbiy-kosmik kuchlari faoliyati to‘g‘risida noqonuniy tarzda ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga urinayotgani haqida axborot kelib tushayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)