Venesuela rasmiylari mamlakat janubi-sharqidagi Tumeremo tumanida o‘ldirilgan konchilardan aksariyatining jasadi topilganini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Tumeremoda shu oy boshida 28 nafar konchi yo‘qolgani va o‘ldirilgani haqida ovozalar tarqalgan, biroq aslida gap 21 kishi haqida ketayotganiga deyarli ishonichimiz komil. Ulardan 18 nafarining jasadi Nuevo-Kalyaodan topildi. Hozir bu hududda mutaxassislar guruhi, jumladan, sud-tibbiyot ekspertlari ishlamoqda. Biz Tumeremoda aslida nima ro‘y bergani va buning aybdorlarini topish niyatidamiz”, — deya ta’kidlagan mamlakat bosh prokurori Luisa Ortega Dias.
Ma’lumotlarga ko‘ra, konchilar yirik oltin konini topganlaridan so‘ng noma’lum qurollangan kimsalar tomonidan o‘ldirilgan. Ularni qidirishga Venesuela qurolli kuchlarining mingdan ziyod zobit va askarlari safarbar etilgandi.
Izoh (0)