AQSh prezidenti Barak Obamaning reytingi 2013-yil mayidan buyon eng yuqori darajaga yetdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” Gallup’ning so‘nggi haftalik so‘rovi natijalariga tayanib.
Umumiy hisobda so‘rovda qatnashgan amerikaliklarning yarmi Obamaning hukumat tepasidagi so‘nggi yilida uning faoliyatini ma’qullashini aytdi. O‘tgan yili esa uning faoliyatini respondentlarning 46 foizi qo‘llab-quvvatlagan edi. Obamaning joriy reytingi, shuningdek, 2009-yildagi o‘rtacha reytingi (47 foiz)ni ham ortda qoldiradi.
AQSh prezidentini demokratlarning 87 foizi, respublikachilarning esa 11 foizi qo‘llab-quvvatlaydi.
Izoh (0)