Paragvayda homilador ayolning Zika virusiga chalinishi bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Vazirlikda ta’kidlanishicha, virus mamlakat hududida yuqtirilgan. Hozirda mutaxassislar ayol poytaxt mintaqasida kasallikka chalingan yagona bemor ekanligi yoki yo‘qligini aniqlashga urinmoqda.
Paragvayda shu kungacha Zika virusini yuqtirish bilan bog‘liq oltita holat kuzatilgan, biroq ularning barchasi 2015-yilning dekabriga qadar aniqlangandi.
Izoh (0)