Yaponiyada Zika virusini yuqtirish bilan bog‘liq ikkinchi holat qayd etildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, kasallik Yaponiyaning markaziy qismida yashovchi ayolda qayd etilgan. Xorijga sayohati chog‘ida virusga chalingan bemorning salomatligi tiklanayotgani bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaponiyada Zika bezgagi bilan bog‘liq birinchi holat Braziliya safaridan qaytgan Kanagava prefekturasida yashovchi fuqaroda aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)