Xitoy o‘zi ishlab chiqqan elektr samolyotni past haroratda uchirib sinab ko‘rdi, endi uni yalpi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyor, deb yozadi “RIA Novosti”.
Ikki o‘rindiqli RX1E samolyoti havoda 45—60 daqiqa uchishga qodir, uning maksimal tezligi soatiga 120 kilometrni tashkil etadi. Zaryad olishi uchun bir yarim soat vaqt kerak bo‘ladi.
Ayni paytda to‘rtta samolyot yasalgan. 2016-yilda yana 20 tasi qurilishi kutilmoqda. RX1E Ruixiang General Aviation Co Ltd. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Elektr samolyot uchuvchilarni tayyorlashda, tarixiy yodgorliklar joylashgan hududlar ustida parvoz qilib, ularni kuzatishda, shuningdek, aerofotografiyada qo‘llanilishi mumkin.
Izoh (0)