Tayvanda bortida besh kishi bo‘lgan qutqaruv vertolyoti halokatga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va to‘rt kishi jabrlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa 11-mart, juma kuni Sinbey shahri qirg‘oqlarida, vertolyot sayozlikka kirib qolgan kemadan neft oqqan joy yaqinida bo‘lganida ro‘y bergan.
Shifokorlar sohil qo‘riqlash xizmati xodimining o‘limini qayd etgan. Uchuvchi jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan, qolgan uch kishining holati barqaror ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)