Yaponiya hukumati 2011-yil 11-martda kuchli zilzila va sunamini boshidan kechirgan shimoli-sharqiy mintaqalarni tiklashning besh yillik rejasini qabul qildi. Ushbu hujjatga ko‘ra, mazkur maqsadlar uchun 2020-yilga qadar 6,5 trillion iyena (57 milliard dollar atrofida) sarflanadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yangi dastur shu yil aprel oyida boshlanadi. Unga ko‘ra, mamlakat shimoli-sharqida turar-joy va boshqa infratuzilmani tiklash bo‘yicha ishlarning salkam 90 foizi 2017-moliyaviy yilda yakuniga yetadi. Shuningdek, dastur sunamidan jabrlanganlarga tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatish, mintaqada ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash, turizmni rivojlantirishni ham o‘z ichiga olgan.
Ma’lumot uchun, Yaponiya rasmiylari 2011-yildan beri zilzila va sunami oqibatlarini bartaraf etish uchun 25 trillion iyena (salkam 225 milliard dollar) sarfladi.
Izoh (0)