Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele ikki mingga yaqin shaxsiy buyumlari, shu jumladan, jahon birinchiligining uchta oltin medalini kimoshdi savdosiga qo‘ydi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Pele, shuningdek, auksionga Jyul Rime mukofotini ham qo‘yadi, u avvallari jahon birinchiliklarida g‘olib bo‘lganlarga topshirilgan. Ushbu lotning taxminiy qiymati 400 dollardan 600 ming dollargacha baholanmoqda.
“Men muxlislar va kolleksionerlarga o‘z o‘tmishimning bir qismiga ega bo‘lish imkoniyatini bermoqchiman. Umid qilamanki, ular ushbu tarixiy buyumlarni qadrlaydi hamda o‘tmishimni o‘z farzandlari va kelajak avlod bilan bo‘lishadi”, — dedi Pele.
75 yoshli Pele so‘zlariga ko‘ra, tushgan mablag‘ning bir qismi Braziliyaning Kuritiba shahridagi bolalar kasalxonasiga topshiriladi. Uch kunlik auksion Londonda 7—9-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Pele o‘yinchi sifatida jahon chempionatlarida g‘olib bo‘lish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi — uchta unvonni u 1958-, 1962- va 1970-yillarda qo‘lga kiritgan. Braziliya termasi tarkibida Pele jami 92 ta o‘yinda ishtirok etgan va 77 ta gol urgan.
Izoh (0)