Shveysariyaning soat ishlab chiqaruvchi TAG Heuer kompaniyasi doping mojarosi tufayli rossiyalik tennischi Mariya Sharapova bilan reklama shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, kompaniyaning Sharapova bilan oldingi shartnomasi muddati 2015-yil 31-dekabrda yakunlangan va uni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgandi. “Yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, muzokaralarni to‘xtatdik va shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildik”, — deya ma’lum qilgan TAG Heuer vakillari.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Nike Mariya Sharapova bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)