Angola rahbari Joze Eduardu dush Santush 2018-yili, salkam 40 yillik prezidentlikdan so‘ng vakolatini topshirish niyatida. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Prezidentlik lavozimini tark etish va siyosiy faoliyatimni 2018-yilda yakunlashga qaror qildim”, — deya ma’lum qilgan dush Santush.
1979-yilda prezidentlikni egallagan dush Santush hozirgi paytda davlat rahbari bo‘lib turish muddatining uzoqligi bo‘yicha Ekvatorial Gvineya prezidentidan keyingi ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)