Janubiy Koreyada Xalqaro insonparvarlik jamiyati it go‘shti fermasini yopib tashladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Natijada 64 ta it qutqarib qolindi va ular San-Fransiskoga jo‘natildi.
Joni saqlab qolingan itlar orasida nasldorlari ham, aralash zotlilar ham bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, kuchuklar it go‘shti fermasida qamab qo‘yilgan holda saqlangan.
Ma’lumki, Janubiy Koreyada it go‘shtidan tayyorlangan taomlar pazandalikda alohida yo‘nalish hisoblanadi. It go‘shti mamlakatda ommaboplik bo‘yicha mol go‘shti, cho‘chqa go‘shti va tovuq go‘shtidan keyingi to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.
Ammo so‘nggi paytlarda it go‘shti mamlakatda, ayniqsa, yosh avlod orasida o‘z ommabopligini yo‘qotmoqda. Bu, o‘z navbatida, aktivistlarga bosim o‘tkazish va fabrikalarni yopish imkoniyatini bermoqda.
Izoh (0)