Ukrainaning Lvov shahridagi san’at saroyida Milliy shokolad bayrami boshlandi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Uning doirasida bir tonnalik shirali ot tayyorlashni rejalashtirishmoqda.
Tashkilotchilar shu yo‘l bilan sport mavzusiga urg‘u bermoqchi, chunki shaharda ayni paytda shaxmat bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
Shaxmat oti shaklidagi shokolad yilning eng katta haykaliga aylanadi. Uni tayyorlashga bir tonna shokolad sarflanadi.
Bayram Lvovda 8-martga qadar davom etadi.
Izoh (0)