O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 4-martdagi farmoni bilan Aziz Abduhakimovni Mehnat vaziri lavozimiga tayinladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Abduhakimov Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini 2014-yil yozidan buyon boshqarib kelgan, bungacha — 2012-yil noyabridan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan.
Prezidentning boshqa farmoni bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Bahodir Nizomov Mehnat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Islom Karimovning 22-fevraldagi “Aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoya va tibbiy-ijtimoiy yordam bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Mehnat vazirligiga aylantirildi.
Izoh (0)