Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hamyurtlarini Shukronalik kunida o‘zaro xafagarchiliklarni unutishga chaqirdi, shuningdek, o‘z hamkasblaridan kechirim so‘radi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, bugun, 1-mart kuni ertalab u barcha hamkasblaridan uzr so‘rab chiqqan.
“Agar men o‘z faoliyatim davomida ularni ranjitgan, koyigan bo‘lsam, unda bugungi kundan boshlab, keling, bularning barchasini unutamiz va bir-birimiz bilan o‘zaro munosabatlarni qaytadan boshlaymiz”, — dedi Nazarboyev kechira olish buyuk kuch ekanligini ta’kidlar ekan.
Qozog‘istonda 1-mart kuni yangi bayram — Shukronalik kuni nishonlanmoqda, u haqdagi farmon Nazarboyev tomonidan yanvarda imzolangan edi.
Izoh (0)