Neft narxi barreliga 37 dollardan oshib ketishi natijasida Rossiya valyutasi keskin tarzda barqarorlashib oldi, deb yozadi “RBK”.
Moskva birjasidagi valyuta savdolari rublning mustahkamlanishi bilan ochildi, bir necha daqiqada dollar va yevro qiymati 1,5 foizdan ziyodga tushib ketdi. Dollarning birja kursi 2016-yil 6-yanvardan buyon birinchi marta 74 rubldan pasayib, 73,818 rublni tashkil qildi, bu 29-fevral kungi savdolar yopilishi chog‘idagi darajadan 1,384 rublga pastroqdir.
Shu bilan bir vaqtda yagona Yevropa valyutasi 1,56 rubl yo‘qotdi va 80,28 rublgacha tushib ketdi, bu 2016-yil 6-yanvardan buyon eng past ko‘rsatkichdir.
Izoh (0)