Tojikiston fuqarolariga oziq-ovqatlarni g‘amlab olish tavsiya etildi, deya xabar bermoqda “RBK” hukumat majlisi yakunlariga tayanib.
Prezident Emomali Rahmon kamqor qish va erta kuz haqida eslatib, qurg‘oqchilik, suv taqchilligi ehtimoli, shuningdek, kamhosillik xavfi haqida ogohlantirdi. Bundan tashqari, mamlakat fuqarolariga imkoniyatga qarab suv g‘amlab qo‘yish, shuningdek, o‘z yerlari, bog‘lari va tokzorlarini mo‘l qilib sug‘orish tavsiya etildi.
Tojikiston rahbariyati aholidan oziq-ovqatni g‘amlab qo‘yishni tez-tez so‘rab turadi. O‘tgan yil sentabrida ham Rahmon qishloq xo‘jalik mahsulotlari mo‘l hosil bergan bir paytda bundan har bir oila foydalanib qolishi kerakligini aytgan edi.
Izoh (0)