Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu mashhur ijtimoiy tarmoqlarda 200 million obunachiga ega bo‘lgan birinchi sportchiga aylandi. Bu haqda “Chempionat” xabar berdi.
Portugaliyalik futbolchining obunachilari soni har kuni o‘rtacha 135 mingga ko‘payadi. Ronaldu Facebook’da 109,7 million, Instagram’da 49,6 million, Twitter’da esa 40,7 million obunachiga ega.
Taqqoslash uchun, “Barselona” hujumchisi Lionel Messining ijtimoiy tarmoqlaridagi obunachilari soni 120,8 millionni tashkil etadi. Qayd etish joiz, argentinalik hujumchi Twitter’da ro‘yxatdan o‘tmagan.
Izoh (0)