Avstraliyaning Port-Piri shahrida ITF turkumida kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollaridan iborat tennis turniri start oldi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik Nigina Abduraimova yakkalik va juftliklar bahslarida ishtirok etmoqda.
Xalqaro tennis federatsiyasining ma’lum qilishicha, yakkalik bahslarining birinchi davrasida o‘zbekistonlik 21 yoshli tennischi britaniyalik Keti Dannga qarshi kortga chiqdi. 2 soatu 7 daqiqa davom etgan bellashuvda Abduraimova 6:2, 3:6, 6:4 hisobida zafar quchdi. O‘yin davomida u beshta eys amalga oshirib, ikkita qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi. Ikkinchi davrada Nigina Abduraimovaga mezbon tennischi Jessika Mur qarshilik ko‘rsatadi.
Juftliklar bahsida chexiyalik Barbora Stefkova bilan tandem hosil qilgan Abduraimova ilk uchrashuvda yaponiyalik Kyoka Okamura va xitoylik Ran Tian juftligiga qarshi kortga chiqdi. Murosasiz kechgan o‘yinda Abduraimova/Stefkova juftligi 6:3, 6:3 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi.
Izoh (0)