“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati mijozlar uchun Android va iOS operatsion tizimlari platformasi asosida mobil dastur ishlab chiqib, shu yil 23-fevraldan ishga tushirmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati ma’lum qildi.
Dasturning asosiy funksiyasi temir yo‘l chiptalarini onlayn xarid qilish uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Shuningdek, dastur orqali foydalanuvchilar poyezdlar reysi jadvalidagi o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar, sohadagi yangiliklar bilan tanishishi mumkin.
Temir yo‘l chiptalarini sotib olish jarayonida UzCard tizimi to‘lov mexanizmi sifatida qo‘llaniladi.
Izoh (0)