22-fevral, dushanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Ummon sultonligining Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Said Muhammad al-Lavatiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muloqot davomida ikki tomon kun tartibining joriy masalalari, jumladan, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Sharq qo‘lyozmalari markazi kutubxonasining binosini qurish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston va Ummon hamkorligining istiqbollari muhokama qilindi.
Izoh (0)