O‘zbekiston prezidentining 18-fevraldagi qarori bilan Oziq-ovqat sanoati korxonalari assotsiatsiyasi tugatilib, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tashkil qilinadi. Bu haqda Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qarorga ko‘ra, “O‘zbekoziqovqatxolding” XKning ustav kapitali tugatilayotgan Assotsiatsiya tarkibiga kiruvchi korxonalar ustav fondlaridagi davlatga tegishli aksiya paketlari balans qiymatida o‘tkazilishi hisobidan shakllanadi.
Shu bilan birga, Assotsiatsiya xoldingga o‘z huquq va majburiyatlarini, shu jumladan, balans qiymati bo‘yicha mulklarini beminnat topshiradi.
Hujjat orqali xoldingning tashkiliy tuzilmasi, 50 kishilik boshqaruv personaliga ega ijro etuvchi apparati tuzilmasi tasdiqlandi. Bundan tashqari, xolding tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar ro‘yxati (jami 176 ta) tasdiqlandi.
Izoh (0)