Nigeriya harbiy-dengiz kuchlari Panama bayrog‘i ostida harakatlangan neft tankerini qaroqchilardan ozod qildi. Tanker BAA kompaniyasiga tegishli bo‘lib, Janubiy Koreya kemachilik kompaniyasiga ijaraga berilgan bo‘lgan, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Qutqaruv operatsiyasi davomida bir nafar qaroqchi yo‘q qilingan. Ma’lum qilinishicha, tanker 22-fevral, dushanba kuni Lagos ko‘rfaziga yetkazilgan. Uning bortida to‘rt nafar o‘g‘ri, shuningdek, Pokiston, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Sudan va ganalik 18 kishidan iborat jamoa bo‘lgan.
Harbiy-dengiz kuchlari vakilining ma’lum qilishicha, ekipajning ikki nafar a’zosi ikki o‘g‘irlab ketuvchi tomonidan garovga olingan. Ular qaroqchi kemasida yashiringan.
Tanker 4700 tonna dizel yoqilg‘isini olib ketayotgan bo‘lgan. U 11-fevral kuni Kot-d’Ivuar sohilida o‘g‘irlab ketilgan edi.
Izoh (0)